Xorijda yashovchi turklar Erdo'g'anga ovoz berdi

Xorijda yashovchi turk fuqarolarining yarmidan ko‘pi – 55,36 foizi amaldagi davlat rahbari Rajap Tayyip Erdo’g‘anni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasiga tayanib, “Anadolu” axborot agentligi xabar berdi.

1987000
Xorijda yashovchi turklar Erdo'g'anga ovoz berdi

 

Yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan Turkiya prezidenti saylovlarida mamlakatdan tashqaridagi saylov uchastkalarida berilgan ovozlarning 67,33 foizi sanab chiqildi.

Unga ko‘ra, xorijda yashovchi turk fuqarolarining yarmidan ko‘pi – 55,36 foizi amaldagi davlat rahbari Rajap Tayyip Erdo’g‘anni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasiga tayanib, “Anadolu” axborot agentligi xabar berdi.  

Turk diasporasi vakillarining 41,26 foizi muxolifatning yagona nomzodi Kemal Kilichdaro‘g‘li uchun ovoz berdi. “ATA Alliance” nomzodi Sinan Og’an esa 2,2 ovoz to‘pladi.  

Nomzodlikdan chekilgan Muharram Inje 1,18 foiz oldi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Germaniya, Fransiya, Avstriya, Niderlandiya, Belgiya, Serbiya va boshqa qator Yevropa davlatlarida turklarning ko‘pchiligi Erdo’g‘anni qo‘llab-quvvatlagan, deyiladi xabarda.

Shuningdek, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Eron, Pokiston, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlarining aksariyatida amaldagi davlat rahbariga ishonch bildirilgan.

Shu bilan birga, Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniya, Gretsiya, shuningdek, Sharqiy Yevropaning ko‘plab mamlaktlaridagi diaspora Kilichdaro‘g‘li nomzodiga ovoz bergan.

Muxolifat nomzodi shuningdek, AQSH, Xitoy, Rossiya, Yaponiya, Gruziya va Qozog‘istondagi turk fuqarolarining aksariyatining ovozini to‘plagan.


Tanlangan kalimalar: #saylov , #Turkiya

Aloqador xabarlar