TRTning «Tabii» Xalqaro raqamli platformasi oʻz ishini boshladi

Turkiya Milliy teleradiokompaniyasining (TRT) «Tabii» Xalqaro raqamli platformasi oʻz ishini boshladi.

1983537
TRTning «Tabii» Xalqaro raqamli platformasi oʻz ishini boshladi

Turkiya Milliy teleradiokompaniyasining (TRT) «Tabii» Xalqaro raqamli platformasi, uzoq davom etgan tayyorgarlik jarayoni ortidan oʻz ishini boshladi.

Ushbu platformada komediya, tarix, drama, animatsiya kabi turli mazmundagi dasturlar tomoshabinlar e’tiboriga havola qilinadi.

“Bizni nima birlashtiradi?” degan shior bilan yoʻlga chiqqan «Tabii», Turkiyaning hikoyalari bilan ovozini dunyoga e’lon qilmoqchi.

«Tabi»ning dasturi va texnik infratuzilmasi butunlay Turk muhandislaridan tashkil topgan TRT jamoasi tomonidan tayyorlandi.

«Tabii» eng avvalo dunyoning 25 davlatida va 5 tilda taqdim etiladi va ingliz, ispan, arab va urdu tillarida efirga uzatiladi.

Platformaga smartfonlar, planshetlar, televizorlar va kompyuterlar kabi turli xil jihoz orqali kirish mumkin.

TRT Xalqaro raqamli platformasi «Tabii»ga «www.tabii.com» orqali erishi imkoni bor.


Tanlangan kalimalar: #TRT , #Tabii , #Xalqaro raqamli platforma

Aloqador xabarlar