Prezident Erdo’g’an BMT Bosh kotibi Antonio Guterres bilan telefon orqali muloqot qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antonio Guterres bilan telefon orqali muloqot qildi.

1980848

Prezidentlik aloqa boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, uchrashuvda Rossiya-Ukraina urushi, Suriya va Sudandagi o'zgarishlar muhokama qilindi.
Uchrashuvda Prezident Erdo’g’an, BMTning Suriyaga chegaradan o’tgan yordam mexanizmining iyul oyigacha uzaytirilishi  katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Qoradengiz don tashabbusining davom ettirilishiga ahamiyat berganliklarini ifoda etgan Erdo’g’an, Shuningdek, u ammiak quvuri boʻyicha kelishuvga erishilgan taqdirda tuziladigan ishchi guruhda institutlararo delegatsiya bilan ishtirok etishga tayyor ekanliklarini maʼlum qildi.
Prezident Erdo’g’an Sudandagi mojarolarning har ikki tomoni bilan muloqot o’rnatishga bir davlat sifatida tomonlarni yana tinchlik muzokaralariga taklif qilish va kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun hamkorlik qilish va BMTga mezbonlik qilishga har doim tayyor ekanini aytdi.
 
Aloqador xabarlar