TBMM raisi Mustafo Shento’p Qozog'iston parlamenti raisi bilan uchrashdi

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Mustafo Shento’p, Qozog’iston Majlisi raisi Yerlan Koshanov bilan uchrashdi.

1980446
TBMM raisi Mustafo Shento’p Qozog'iston parlamenti raisi bilan uchrashdi
şentop koşanov1.jpg

 

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Mustafo Shento’p, Qozog’iston Majlisi raisi Yerlan Koshanov bilan uchrashdi.

Shento’p, Turk Davlatlar Parlamentlar Assambleyasi (TÜRKPA) 12-Bosh assambleyasi uchun Turkiyaga kelgan Qozog’iston parlamenti raisi Koshanov va hamrohligidagi delegatsiya bilan Prezidentlik kengashi majlislar zalida uchrashdi.

Uchrashuvdan so’ng Shento’p va Koshanov Turkiya Buyuk Millat Majlisi bilan Qozog’iston Majlisi o’rtasida hamkorlik protokoli imzoladi.

Uchrashuvda Shento’p, Koshanovga 19-mart kuni Qozog'istonda bo'lib o'tgan parlament saylovlari munosabati bilan tabriklarini yetkazdi va yangi muddatning Qozog'iston Assambleyasida foydali bo'lishini tiladi.

Shento’p, Kahramanmarashdagi zilzilalar tufayli Qozog'istonning qo'llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.

"Bunday azob-uqubatlarda birodarlarimiz va opa-singillarimiz biz bilan ekanligini bilish biz uchun eng katta tasalli bo'ldi." dedi.

Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy muammolar ham muhokama qilingan uchrashuvda Shentop,

"Qozog'istonning barqarorligi Turk dunyosi uchun katta ahamiyatga ega. Qozog'iston Turk Davlatlari Tashkilotining institutsionallashuvida yetakchi rolga ega". dedi u .

Shento’p, parlamentlar o'rtasida imzolangan hamkorlik protokoli ikki davlat parlamentlari o'rtasidagi do'stlik va birodarlikni mustahkamlash istagi va mushtarak iroda ko'rsatkichi ekanligini aytdi.

Qozog'iston parlamenti raisi Yerlan Koshanov, parlament raisi etib saylanganidan so'ng ilk xorijiy ziyoratini Turkiyaga qilganini va buning ramziy ahamiyatga ega ekanligini bildirdi.

Kahramanmarashdagi zilzilalardan qayg'uda ekanini tilga olgan Koshanov, Turkiyaning tashqi siyosatini yaqindan kuzatib borayotganliklarini bildirdi.

Kosanov, Rossiya-Ukraina urushida Turkiyaning vositachilik rolining ahamiyatiga diqqat qaratdi.

Shu bilan birga, Shento’p, poytaxt Anqarada Turkiya-Qozog'iston do'stlik bog'i ochilishida ham so'zladi.

Bugun qilganimizdek, Turkiya va Qozog’iston o’rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarda ham, mustaqil turk davlatlari o’rtasidagi ko’p tomonlama munosabatlarda ham har jihatdan birodarlik, hamkorlik va birdamlik irodamizni namoyon etishda davom etamiz” dedi.

Shento’pning tushuntirishicha, ikki davlat prezidentlari hamisha mushtarak maqsad va yoʻnalishda davlatlarni birga olgʻa siljish istagini bildiradilar.

– Energetika va mudofaa kabi sohalardagi hamkorligimiz mamlakatlarimizning to‘liq mustaqil pozitsiyasini mustahkamlaydi. deb qayd etdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar