Prezident Erdo‘g‘anning salomatligi juda yaxshi

Vitse-prezident Fuat O’ktay, “Prezidentimiz faoliyatini davom ettiradi. Ularning jadvallari juda band edi. O‘zi ham o‘zini ifoda etdi, biroz shamollab qoldi”. dedi.

1980143
Prezident Erdo‘g‘anning salomatligi juda yaxshi

 

Ba'zi xorijiy ommaviy axborot vositalarida Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'anning sog'lig'iga oid da'volar  to'g'ri  emasligi  ma'lum qilindi.

Prezident Erdog'an kasalligi tufayli dasturlarini bekor qildi. Shifokorlar maslahati bilan uyda dam oldi.

Vitse-prezident Fuat O’ktay, “Prezidentimiz faoliyatini davom ettiradi. Ularning jadvallari juda band edi. O‘zi ham o‘zini ifoda etdi, biroz shamollab qoldi”. dedi.

Aloqa direktori Fahrettin Altun ham ijtimoiy media hisobidan Prezident Erdog'anning sog'lig'i haqida bayonot berdi.

“Prezidentimiz sog‘lig‘i haqida aytilayotgan asossiz ayblovlarni rad etamiz.

Altun ham bu bayonotni ingliz tilida o'rtoqlashdi.

Adolat va Taraqqiyot partiyasi (AK Partiya) voizi O’mer Chelik, ijtimoiy tarmoqdagi hisobidan bergan bayonotida, “Ba’zi xorijiy ommaviy axborot vositalarida Prezidentimizning sog’lig’i haqida axloqsiz yolg’on xabarlar tarqatdi .  Muhtaram prezidentimiz o’z  vazifasi boshida." Chelik, Erdo'g'anning qisqa dam olishdan so'ng dasturlarini  ayni shaklda  davom ettirishini ma'lum qildi.

O’mer Chelik  Prezidentimizga butun dunyodan turk xalqi bilan birga sog’lik va farovonlik tilaklari hamda duolari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Aloqa boshqarmasi, Dezinformatsiyaga qarshi kurash markazi ham ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida bayonot berdi.

Ba'zi ijtimoiy media hisoblarida tarqatilgan "Prezident Erdo'g'anning yurak xurujidan keyin kasalxonaga yotqizilgani haqidagi da'volar haqiqatni aks ettirmaydi".

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Matbuot , #Salomatiligi , #Prezidnet Erdog'an

Aloqador xabarlar