Chegara darvozalarida ovoz berish ishlari boshladi

Turkiyada joriy yilning 14-mayi kuni prezidentlik va parlament saylovi bo‘lib o‘tadi.

1980113
Chegara darvozalarida ovoz berish ishlari boshladi

Joriy yilning 14-mayi kuni Turkiyada prezidentlik va parlament saylovi bo‘lib o‘tadi. Buning uchun chet eldagi Turk fuqarolari bojxona darvozalari bilan Turkiyaning chet eldagi vakolatxonalarida bugundan e’tiboran ovoz berishni boshladi.

Turkiyaning Yevropaga ochilgan chegara darvozalari Kapikule, Ipsala, Pazarkule, Hamzabeyli va Dereko‘yda chet eldagi saylovchilar ro‘yhatidan o‘rin olgan fuqarolar ovoz bera oladi.

Kapikulega kirish – chiqish va stansiyada jami uchta; Ipsala, Pazarkule, Hamzabeyli va Dereko‘y chegara darvozalarida bittadan saylov qutisi bor.

Chegara darvozalaridagi ovoz berish ishlari 24 soat davom etadi va 14-may haftaning yakshanba kuni Turkiya vaqti bilan soat 17:00da yakunlanadi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #saylov , #chegara darvozalari

Aloqador xabarlar