Chavusho’g’li Antaliyada istiqomat qiluvchi xorijliklar bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog'lu, qiyin ahvolda qolganlarning yonida ekanliklarini bildirib, "Biz har doim xayrixoh va tinchliksevar pozitsiyani egallaganmiz. Buning foydasini 6 Fevraldagi zilzilada ko'rdik" dedi.

1980043

Chavusho’g’li, bu yil birinchisi Antaliyada o’tkazilgan “Rezident xorijliklarning Antaliya nodavlat tashkilotlari konferensiyasi”ga qatnashdi.

Dunyoning turli burchaklaridan 26 turli nodavlat tashkilot vakillari ishtirok etgan konferensiyada so’zga chiqqan Chavusho’g’li, Antaliyada do’st va qardosh o’lkalar xalqining tinch-totuv yashayotganini ta’kidladi.

Tashqi siyosat doirasida Turkiyaning mintaqadagi mavqei va global diplomatiyaga e'tibor qaratgan Chavusho'g'li, barqarorlik va tinchlik mavzusida olib borilgan ishlar haqida ma'lumot berdi.

Chavusho'g'li, "Biz qiynalganlarning yonida bo'ldik, har doim mehr va tinchlik tarafdori bo'ldik. Buning foydasini zilzilada ko'rdik. Turkiyada hamma safarbar bo'ldi. Zilziladagi birodarlarimizga yordam berish uchun uyushmalaringiz ham safarbar bo'ldi.  barchangizga rahmat." dedi.

Do'st va qardosh o'lkalar bilan hamkorlikni oshirishning ahamiyatini tushuntirgan Chavusho'g'li, "Turkiya asri" maqsadi borasida qat'iyligini ta'kidladi.

Vazir Chavusho’g’li ishtirokchilarning savol va talablarini tingladi.

Aloqador xabarlar