Erdo‘g‘an shifokorlarning maslahati bilan bugun uyida dam oladi

Erdo‘g‘an mahalliy telekanallar jurnalistlarining 14 may kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovi bilan bog‘liq savollariga jonli efirda javob berayotganida o‘zini yomon his qilgandi.

1979699
Erdo‘g‘an shifokorlarning maslahati bilan bugun uyida dam oladi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an mahalliy telekanallar jurnalistlarining 14 may kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovi bilan bog‘liq savollariga jonli efirda javob berayotganida o‘zini yomon his qildi. Efir boshlanganidan bir necha daqiqa o‘tib, birdan 20 daqiqaga to'xtatildi.

Translyatsiya qayta tiklanganidan keyin Prezident jurnalistlarga oshqozoni qattiq shamollaganini aytdi.

“Kecha va bugun saylovoldi ishlari qizg‘in kechdi. Shunday qilib, men oshqozon grippiga duchor bo‘ldim. Men hatto dasturni bekor qilish haqida o‘yladim. Lekin biz va’da bergan edik va keldik. Biz ham vaqti-vaqti bilan shunday muammolarga duch kelamiz, siz va tomoshabinlarimizdan uzr so‘rayman”, degan Erdo‘g‘an.

Ko‘rsatuv qayta tiklanganidan so‘ng jurnalistlar Prezidentga bittadan savol berdi, shundan so‘ng efir tugadi. Keyinroq Turkiya vitse-prezidenti Fuat O‘qtay o‘zining Twitter'dagi sahifasida Erdo‘g‘anning sog‘lig‘i juda yaxshi ekaniga ishontirdi.

Erdo'g'an shifokorlar tavsiyasiga ko'ra, bugungi dasturlarini bekor qilib, uyda dam olishini ma'lum qildi.

Erdo'g'an kechagi televideniye ko'rsatuvi chog'ida yuzaga kelgan betoblik munosabati bilan tez orada sog'ayib ketish tilaklarini yuborgan barcha fuqarolarga minnatdorlik bildirdi.

"Bugun shifokorlarimiz maslahati bilan uyda dam olaman. Afsuski, bugun Kirkkale, Yozgat va Sivasdan kelgan birodarlarim bilan uchrasha olmaymiz. Hammasidan rozi bo'lishlarini so'rayman. Vitse-prezident Fuat Oktay bizning nomimizdan Kirkkale, Yozgat va Sivasdagi tadbirlarda ishtirok etadi. Xudoning izni bilan ertadan boshlab dasturimizni davom ettiramiz. Biz xalqimizni "Turkiya Asri" maqsadlariga yetkazish uchun ishlashda davom etamiz. Shu munosabat bilan barcha fuqarolarimga sog‘lik, tinchlik va farovonlik tilayman!”,-deydi Erdo'g'an.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar