Prezident Erdo‘g‘an yurtdoshlarini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Turkiya bugun Ramazon hayitini nishonlamoqda.

1977789
Prezident Erdo‘g‘an yurtdoshlarini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoq hisobi orqali yurtdoshlarini Ramazon hayiti bilan tabrikladi.

Prezident Erdo‘g‘an o‘zining Twitterdagi sahifasida turk va arab tillarida mavzu haqida:

“Xalqimiz va islom olamini Ramazon hayiti bilan tabriklayman. Bizlarni yana bir hayitga yetkazgani uchun Robbimga shukr qilaman. Yana bir bor yer silkinishlari va suv toshqinlarida halok bo‘lgan fuqarolarimizga Olloxdan rahmat, yaqinlariga sabr tilayman. Ramazon hayiti muborak bo‘lsin”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

 



Aloqador xabarlar