Prezident Erdoʻgʻan elchilar bilan iftor dasturxonida uchrashdi

Poytaxt Anqaradagi Adolat va taraqqiyot (AK) partiyasi Bosh qarorgohida elchilar bilan an’anaviy iftor dasturi uyushtirildi.

1970102
Prezident Erdoʻgʻan elchilar bilan iftor dasturxonida uchrashdi
erdogan buyukelciler iftar.jpg
erdogan buyukelciler iftar1.jpg
erdogan buyukelciler iftar2.jpg
erdogan buyukelciler iftar3.jpg

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, Qur’on-i Karimga hujum qilishning ochiq-oydin nafrat jinoyati ekanini qayd etdi.

Poytaxt Anqaradagi Adolat va taraqqiyot (AK) partiyasi Bosh qarorgohida elchilar bilan uyushtirilgan an’anaviy iftor dasturxonida soʻzga chiqqan Erdoʻgʻan, dunyoda tobora kuchayib borayotgan islomofobiyaga munosabat bildirdi.

Qur’on-i Karimni yoqishgacha bo‘lgan jirkanch urinishlarni qabul qilish imkonsizligi va bu holatni oqlovchi hech qanday sabab yoʻqligini ta’kidlagan Erdoʻgʻan:

“Bu ochiq-oydin va aniq nafrat jinoyatidir. Mushaf (Qurʼon-i Karim)ning yoqilishiga soʻz erkinligi degan baxona bilan ruxsat berganlar, demokratiya va erkinlik tushunchasiga putur yetkazmoqdalar. Bu bilan qariyb 2 milliard insonni hafa qilish bilangina cheklanib qolmay, gʻazabga ham yetaklagan bu vahshiyliklar bas qilinishi kerakligini ta’kidlashni istayman”.-deya gapirdi.

Terrorga qarshi kurashga ham toʻxtalgan Prezident PKK, PYD, YPG, FETO va DEASh bosh boʻlish bilan birga terrorning har qanday turiga qarshi kurashni davom etganliklarini bildirdi.

Soʻz oʻyinlari, diplomatik va harbiy nayranglar bilan terror tashkilotini qoʻllab-quvvatlash tashabbuslaridan xabardor ekanliklarini ifoda etgan Erdoʻgʻan:

“Vaqti kelganida, albatta, bularni tegishli tomonning oldiga qoʻyamiz. Yurtimizning bir terror yoʻlagi bilan oʻrab olinishiga yoʻl qoʻymagan boʻlsak, yangi tashabbuslarga ham aslo ruxsat bermaymiz. Vatanimizni nishonga olgan terror xavflarini oʻz oʻrnida bartaraf etish strategiyamizni ishlatishni davom etamiz”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

 


Tanlangan kalimalar: #iftor , #Prezident Erdoʻgʻan , #elchilar

Aloqador xabarlar