Chavusho‘g‘lu Shvetsiyaga NATO tarkibiga kirishi shartlarini eslatdi

NATO tarkibidagi davlatlarning Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida uyushtirilgan yig‘ilishda ishtirok etish maqsadida hozirda Belgiya poytaxti Bryusselda bo‘lgan Chavusho‘g‘luning o‘zaro uchrashuvlari davom etmoqda.

1969896
Chavusho‘g‘lu Shvetsiyaga NATO tarkibiga kirishi shartlarini eslatdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Tobias Billstryom bilan o‘tkazgan o‘zaro uchrashuvda, Shvetsiyaning NATO tarkibiga kirishi uchun amalga oshirishi kerak bo‘lgan vazifalarini ya’ni shartlarini eslatdi.

NATO tarkibidagi davlatlarning Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida uyushtirilgan yig‘ilishda ishtirok etish maqsadida hozirda Belgiya poytaxti Bryusselda bo‘lgan Chavusho‘g‘luning o‘zaro uchrashuvlari davom etmoqda.

Chavusho‘g‘lu mavzu haqida Twitter hisobi orqali: “Shvetsiyalik hamkasbim Billstryomga, NATOga aʼzo boʻlish uchun qanday qadamlar tashlanishi kerakligini yodga soldik. Terrorizmga qarshi kurashda natijaga yoʻnalgan hamkorlik muhim ahamiyatga ega”,-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Chavusho‘g‘lu, Bryusseldagi o‘zaro uchrashuvlari doirasida amerikalik kasbdoshi Entoni Blinken va finlandiyalik kasbdoshi Pekka Haavisto bilan ham alohida-alohida uchrashgandi.

Eslatib o‘tamiz:

Turkiya 28-iyun kuni Ispaniyaning Madrid shahrida bo‘lib o‘tgan NATO sammitida, ittifoq tarkibiga kirish uchun ariza bergan Finlandiya bilan Shvetsiyaga veto qo‘ygandi. Terror tashkilotlarini ochiq-oydin qo‘llab-quvvatlagan nomi tilga olingan ikki davlat bilan protokol imzolagan Anqara, berilgan va’dalarning bajarilishini kutayotgandi.

Va nihoyat Finlandiya oʻz majburiyatlarini bajarib, NATO tarkibiga kirish borasida Turkiyaning roziligini oldi.

Rasmiy protsedura yakunlanganidan so‘ng Finlandiya 2023-yilning 4-apreli kuni NATOga asos solinishining 74-yilligi munosabati bilan rasman ittifoqga a’zo bo‘ldi.

 



Aloqador xabarlar