Erdo‘g‘an rafiqasi bilan Turkiyaning ilk milliy elektromobilida sayr qildi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'anning rafiqasi Emina Erdo'g'anga tegishli "Anadolu" rangli TOGG elektromobili Prezident saroyi atrofini aylanib chiqdi. Ushbu tasvirlar internet tarmoqlarida o'rin oldi.

1969992
Erdo‘g‘an rafiqasi bilan Turkiyaning ilk milliy elektromobilida sayr qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'anning rafiqasi Emina Erdo'g'anga tegishli "Anadolu" rangli TOGG elektromobili Prezident saroyi atrofini aylanib chiqdi.

Ushbu tasvirlar internet tarmoqlarida o'rin oldi.

Turkiya prezidenti devoni Axborot-kommunikatsiya boshqarmasi tomonidan e'lon qilingan fotosuratlarda TOGG menejeri (CEO) Gurjan Karakash Erdo'g'an oilasiga aqlli qurilmaning xususiyatlari va ishlab chiqariladigan boshqa modellari haqida ma'lumot berayotgani aks etdi.

Prezident Erdo'g'an, "Turk san'at musiqasini qanday tinglaymiz?" degan savolga Karakash, avtomobilning zavoddan yangi chiqqanligini va hali hech qanday yuklama qilinmaganini aytdi.

Erdo'g'an oilasi avtomobilning sukunatiga e'tibor qaratganida, TOGG menejeri Karakash shunday dedi:

"Elektromobillarning qulaylik nuqtai nazaridan yaxshi tomonlari ularning sukunati va hajmidir. Tunnel yo'q, chunki ichki yonuv dvigateli va transmissiyasi yo'q. Shuning uchun orqa tomoni juda qulay. Bizning keyingi modelimiz 2024 yilning oxiri va 2025 yilning boshida chiqadi. U C segmenti sedan. Turkiya sedan modeli bo'yicha hali ham katta bozor hisoblanadi. Biz bu bozorda o'z o'rnimizni topmoqchimiz”, dedi.

Erdo'g'an, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevga sovg'a qilingan elektromobil haqida ma'lumot so'raganida Gurjan Karakash, Aliyevga xuddi shu rusumdagi avtomobil yuborilganini aytdi.

Emina Erdo'g'an ham Turkiyaning birinchi elektromobilini ishlab chiqarishga hissa qo'shganlarga o'z minnatdorligini bildirdi. Erdo‘g‘an oilasiga Sanoat va texnologiya vaziri Mustafa Varank ham hamrohlik qildi.

Ma’lumot uchun, elektromobil narxi 1 million 55 ming lira (taxminan 55 ming 600 dollar), uzoq masofali modeli esa 1 million 215 ming lira (taxminan 64 ming dollar)ni tashkil qiladi.

Elektromobil 218 ot kuchiga ega bo‘lib, ikki xil batareya varianti bilan 314 va 523 kilometr masofani bosib o‘tishi mumkin. Batareyalar 28 daqiqadan kamroq vaqt ichida 20 dan 80 foizgacha quvvatlanishi mumkin. Shuningdek, elektromobilning ikkinchi versiyasi joriy yilning oktyabr oyida taqdim etilishi aytilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #TOGG , #Turkiya

Aloqador xabarlar