Erdo‘g‘an Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishiga rozilik berdi

Prezident Erdo‘g‘an Finlyandiyaning harbiy alyansga a’zoligi haqidagi parlament qarorini maqullab, jarayonni yakunladi. Prezident qarori Turkiyaning Rasmiy Gazetasida chop etildi.

1968743
Erdo‘g‘an Finlyandiyaning NATOga a’zo bo‘lishiga rozilik berdi

 

Avval xabar berilganidek, joriy yilning 30 mart kuni Turkiya parlamenti Finlyandiyaning NATOga a’zoligini ma’qullagan edi.

1 aprel kuni esa, Prezident Erdo‘g‘an Finlyandiyaning harbiy alyansga a’zoligi haqidagi parlament qarorini maqullab, jarayonni yakunladi. Prezident qarori Turkiyaning Rasmiy Gazetasida chop etildi. 

Qayd etilishicha, Turkiya hozircha Vashingtonga ratifikatsiya hujjatlarini yubormagan. U Finlyandiyaning NATO a’zoligini ma’qullagan oxirgi davlat bo‘ldi. Barcha rasmiyatchiliklar bajarilgandan so‘ng, Finlyandiyaning NATOga a’zoligini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish bir necha hafta davom etadi.

Ma’lumot uchun, 2022 yilning may oyida Finlyandiya va Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgan. Biroq, Turkiya PYD/YPG tashkilotlarini terrorchi deb e’lon qilishni, terrorchilikda yoki 2016 yilda mamlakatdagi davlat to‘ntarishiga urinishda ishtirok etganlikda ayblangan shaxslarni ekstraditsiya qilishni va ularga qo‘yilgan taqiqlarni olib tashlashni talab qilib, a’zolik jarayoniga to‘sqinlik qilishga uringandi.

O‘tgan yilning 28 iyun kuni Madridda NATO sammiti boshlanishidan oldin Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an, Finlyandiya Prezidenti Sauli Niinistyo o‘sha paytda Shvetsiya Bosh vaziri Magdalena Andersson bilan alyans Bosh kotibi boshchiligida muzokaralar bo‘lib o‘tgandi. Unda nomzodlarga NATO a’zoligiga ruxsat beruvchi memorandum imzolangandi. Anqara avvalroq Finlyandiya va Shvetsiya bilan imzolangan memorandum yakuniy emasligi va Turkiya parlamenti uni ma’qullamasligi mumkinligini aytgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Finlyandiya , #NATO , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar