TEKNOFEST – 2023 ko‘rgazmasida "Bayraktar TB3" droni namoyish qilinadi

Turkiya kemalarga qo‘na oladigan dron ishlab chiqardi.

1967003
TEKNOFEST – 2023 ko‘rgazmasida "Bayraktar TB3" droni namoyish qilinadi

 

Turkiya aprel oyining so‘nggi kunlarida dunyoda birinchi bo‘lib kemalarda qisqa uchish-qo‘nish yo‘lagiga kelib qo‘nadigan va osmonga parvoz qila oladigan ilk uchuvchisiz o‘zi uchar qurilmasini namoyish qiladi, deb yozmoqda Anadolu agentligi.

"Turkiyaning Baykar kompaniyasi 27 apreldan 1 maygacha bo‘lib o‘tadigan aviatsiya va kosmik texnologiyalar festivali – TEKNOFEST – 2023 ko‘rgazmasida ilk bor Bayraktar TB3 zarbdor dronini namoyish qiladi.

Xabarda keltirilishicha, mazkur festival Istanbuldagi Otaturk aeroportida tashkil etilmoqda. “TB3 SİHA zarbdor droni joriy yilda sinov parvozlarini boshlaydi”, – deyiladi agentlik tarqatgan xabarda.  

"Qanotlari buklanadigan Bayraktar TB3  kemalarga qo‘nib, ucha oladigan dunyodagi ilk qurollangan uchuvchisiz o‘zi uchar apparat bo‘ladi. U Turkiya harbiy dengiz kuchlari flagmani hisoblangan  TCG Anadolu kemasida ham uchish-qo‘nish amaliyotini bajara oladi. Bayraktar TB3 harakatini juda uzoq masofadan razvedka-kuzatuv olib borish va zarba berish maqsadida boshqarish mumkin. Bayraktar TB3 droni Turkiyaning harbiy salohiyatini mustahkamlashga o‘zining muhim hissasini qo‘shadi”, – deyiladi xabarda.  

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Bayraktar TB3

Aloqador xabarlar