Hulusi Akar: Hudo xohlasa aziz xalqimizni terror balosidan qutqaramiz

Akar, Turk Qurolli kuchlarining xalq tinchligi va xavfsizligi uchun terrorga qarshi kurashini mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham qarorlilik bilan davom ettirayotganini qayd etdi.

1965476
Hulusi Akar: Hudo xohlasa aziz xalqimizni terror balosidan qutqaramiz

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, terroristlarga vertolyot berilgan taqdirda ham buning behuda ekanini hamma ko‘rishi kerakligini qayd etdi.

Turkiyaning Hatay viloyatiga qarashli Reyhanli tumanidagi faoliyatini davom ettirgan Akar, Turk Qurolli kuchlarining xalq tinchligi va xavfsizligi uchun terrorga qarshi kurashini mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham qarorlilik bilan davom ettirayotganini qayd etdi.

Terrorizmga qarshi kurash oxirgi terrorist yo‘q qilingunga qadar davom etishini takrorlagan Mudofaa vaziri:

“Terroristlarning adolatga taslim bo‘lishdan boshqa chorasi yo‘q. Ular buni bilishlari kerak. Bundan tashqari, terroristlarga vertolyot berilgan taqdirda ham buning behuda ekani va bu tashkilot bilan biron nima qilishning iloji yo‘qligini hammaning tushunib yetishini istaymiz. Qirq yildan beri yurtimiz boshiga balo bo‘lgan terror tashkilotini yo‘q qilishda qarorli ekanimizni hamma bilishi lozim. Hudo xohlasa aziz xalqimizni terror balosidan qutqaramiz”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Eslatib o‘tamiz:

Iroq shimolidagi Turkiya chegarasidan 60 km uzoqlikda joylashgan Duhok shahrida sirli vertolyot halokati yuz berdi. Egasi noma’lum bir vertolyot, noma’lum sabablar bilan yerga qulagandi. Oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida ayollar ham bo‘lgan.

Shimoliy Iroq mintaqaviy kurd boshqaruvi, Duhokda qulagan vertolyotda PKK terror tashkiloti a’zolari borligini qayd etgandi.



Aloqador xabarlar