Turkiya va Iroq o'zaro savdo hajmini oshirishga kelishib oldi

Erdo'g'anning ta'kidlashicha, Turkiya va Iroq o'rtasidagi savdo hajmi o'tgan yili 24 milliard dollardan oshib rekord o'rnatgandi. Ikki davlat imkoniyatlari buni yanada oshirish salohiyatiga ega.

1963436
Turkiya va Iroq o'zaro savdo hajmini oshirishga kelishib oldi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an rasmiy tashrif bilan Anqaraga kelgan Iroq Bosh vaziri Muhammad Shia al-Sudaniy bilan uchrashuv yakunlari bo'yicha qo'shma matbuot anjumani o'tkazdi.

Sudaniy bilan bo'lib o'tgan uchrashuvlarda ikki tomonlama munosabatlarni har tomonlama muhokama qilganliklarini ifoda etgan Erdo'g'an, "Terrorizmga qarshi kurashda qat'iy ekanimizni yana bir bor tasdiqladik. Basradan Turkiya chegarasiga qadar cho'zilgan avtomobil va temir yo'l transporti yo'lagini qurish uchun "Taraqqiyot yo'li loyihasi"ni amalga oshirish uchun birgalikda harakat qilishga kelishib oldik",-dedi.

Iroq Bosh vaziri bilan bo’lgan uchrashuvda asosan PKK, DEASh va Fetullohchi terror tashkiloti (FETO) kabi terroristik guruhlarga qarshi kurashda hamkorlik masalalarini muhokama qilganligini ta’kidladi.

“Bu tashkilotlar har ikki davlat uchun xavf tug‘dirishi aniq. Iroqlik birodarlarimizdan talabimiz PKKni terror tashkiloti deb tan olishlari va o’z yerlarini ushbu qonli terror tashkilotidan tozalashlaridir”,-deydi Erdo'g'an.

Prezident shuningdek, Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashda Iroq bilan har qanday hamkorlikka tayyor ekanligini ta’kidladi.

Erdo'g'anning ta'kidlashicha, Turkiya va Iroq o'rtasidagi savdo hajmi o'tgan yili 24 milliard dollardan oshib rekord o'rnatgandi. Ikki davlat imkoniyatlari buni yanada oshirish salohiyatiga ega. 

Erdo'g'an so'zini yakunlar ekan, “Bahordan darak bergan Navro’z bayrami bilan Iroqdagi barcha birodarlarimizni, xalqim va o'z nomimdan tabriklayman!” dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Iroq , #Turkiya

Aloqador xabarlar