Erdo’g’an Anqarada Iroq bosh vaziri Sudaniyni qabul qiladi

Erdo’g’an va Sudaniy Anqaradagi prezident qarorgohida o’zaro uchrashuv o’tkazadi, ortidan hay’atlararo muzokaralarga raislik qiladi.

1962985
Erdo’g’an Anqarada Iroq bosh vaziri Sudaniyni qabul qiladi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Anqarada Iroq bosh vaziri Muhammad Shiya Al Sudaniyni qabul qiladi.

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, Erdo’g’an va Sudaniy Anqaradagi prezident qarorgohida o’zaro uchrashuv o’tkazadi, ortidan hay’atlararo muzokaralarga raislik qiladi.

Uchrashuv va muzokaralarda terrorizmga qarshi kurash, Iroqni qayta tiklash, savdo va energetika sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida tashlanadigan qadamlar ko’zdan kechiriladi.

Shuningdek, uchrashuvlarda ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, mintaqaviy va global masalalar bo’yicha fikr almashiladi.

Muzokaralar yakunida hujjatlarni imzolash marosimi o’tkaziladi. So’ngra, Erdo’g’an va Sudaniy uchrashuv yakunlari bo’yicha qo’shma matbuot anjumani o’tkazadi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Iroq , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar