TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1961832
TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Milliy Razvedka tashkiloti (MIT) Suriyada amalga oshirilgan amaliyot orqali PKK/YPG terror tashkilotining Halab va Tel Rifat moliya xodimi ekani aytilgan va “Hamza Kobani” kod laqabiga ega Mehmet Yildirimni zararsizlashtirdi.

Xavfsizlik manbalaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra Halabning Shayx Maqsud mintaqasida uyushtirilgan amaliyotda zararsizlashtirilgan tashkilot a’zosi Yildirim PKK tarkibiga 1986-yili kirib, tashkilotning eng qadimgi kadrlaridan biri bo‘lgan.

Shuningdek Yildirim, Turkiya va Iroqdagi terrorchilik harakatlaridan so‘ng 2015-yili Suriyaga borib, PKK/YPG yetakchilari bilan bog‘liq moliyaviy ishlarni olib borgan.



Aloqador xabarlar