Turkiya Finlyandiyaning NATOga kirish arizasini ratifikatsiya qilishni boshladi

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘an NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergga Finlyandiyaning Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilish haqidagi arizasini Anqara ratifikatsiya jarayonini boshlangani haqida ma’lum qildi.

1962303

Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

“Muzokaralar chog‘ida Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish jarayoni bilan bog‘liq o‘zgarishlar muhokama qilindi. Prezident Erdo'g‘an Finlyandiyaning bu jarayondagi munosabati bilan Shvetsiyadan ijobiy farq qilgani va Turkiya Buyuk Millat Majlisi (parlamenti) Finlyandiyaning protokolini tasdiqlash jarayonini boshlashga qaror qilganini aytdi” deyiladi matbuot xabarida.  

Bundan tashqari, Erdo'g‘an Stoltenbergni NATOga kirish masalasi bo‘yicha “Shvetsiya bilan muzokaralarni davom ettirish” niyati borligini ma’lum qilgan.

Davlat yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, “bu jarayonning rivojlanishi bevosita Shvetsiya qo‘yadigan aniq qadamlarga bog‘liq bo‘ladi”.

Tanlangan kalimalar: #Finlyandiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar