Turkiyadagi yer silkinishlarida hayotdan ko‘z yumganlar soni afsuski yana ortdi

Fuat O‘ktay, yer silkinishi ortidan olib borilayotgan faoliyatlar haqida ma’lumot berdi.

1961768
Turkiyadagi yer silkinishlarida hayotdan ko‘z yumganlar soni afsuski yana ortdi

6-fevral kuni sodir bo‘lgan va mamlakatning 11 viloyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan, o‘chog‘i Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishlarida hayotdan ko‘z yumgan yurtdoshlar soni afsuski 49 ming 589 kishiga yetdi.

Vitse-prezident Fuat O‘ktay, Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi (AFAD) koordinatsiya markazida yer silkinishi ortidan olib borilayotgan faoliyatlar haqida ma’lumot berdi.

Fuat O‘ktay unda:

“Yer silkinishlari oqibatida jami 49 ming 589 nafar fuqaromizdan ayrildik, ulardan 6 ming 807 nafari chet ellik”.-dedi.

Tabiiy ofat yuz bergan hududda chodir va konteyner o‘rnatish ishlari uzluksiz davom etayotganiga e’tibor qaratgan O‘ktay, o‘rnatilgan chodirlarda 1 million 921 ming kishiga, konteynerlarda esa 96 ming 444 kishiga xizmat berilayotganini qayd etdi.

Adiyaman va Shanliurfada sodir bo‘lgan sel falokati bilan bog‘liq ham ma’lumot bo‘lishgan O‘ktay, unda 18 nafar fuqaroning hayotdan ko‘z yumgani va 3 nafarini qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotganini o‘z so‘ziga ilova etdi.



Aloqador xabarlar