Chavusho‘g‘lu yer silkinishi tufayli ekvadorlik kasbdoshi Olginga hamdardlik bildirdi

Janubiy Amerika davlati Ekvadorda sodir bo‘lgan 6,7 magnitudali yer silkinishi oqibatida 13 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

1961837
Chavusho‘g‘lu yer silkinishi tufayli ekvadorlik kasbdoshi Olginga hamdardlik bildirdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu yer silkinishi tufayli ekvadorlik kasbdoshi Xuan Karlos Olginga hamdardlik bildirdi.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida berilgan ma’lumotlariga ko‘ra Chavusho‘g‘lu, Ekvador Tashqi ishlar vaziri Olgin bilan telefon orqali muloqot qilgan.

Chavusho‘g‘lu 6,7 magnitudali yer silkinishi tufayli hamkasbi Olginga hamdardlik bildirib, ta’ziya izhor etdi.

Eslatib o‘tamiz:

Ekvadorning Balao shahrining 6 kilometr shimoli-sharqida 6,7 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘lgandi.

Unda hozirgacha 13 kishining hayotdan ko‘z yumgani, qidiruv-qutqaruv ishlarining davom etayotgani ifoda etildi.



Aloqador xabarlar