Prezident Rajap Tayyip Erdog’an NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan telefon orqali muloqot qildi

Prezidentlik Aloqa boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, uchrashuvda Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a'zolik jarayoni bilan bog'liq o'zgarishlar muhokama qilindi.

1961516
Prezident Rajap Tayyip Erdog’an NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan telefon orqali muloqot qildi

 

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezidentlik Aloqa boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, uchrashuvda Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga a'zolik jarayoni bilan bog'liq o'zgarishlar muhokama qilindi.

Yig'ilishda Prezident Erdo'g'an, Finlyandiyaning bu jarayondagi munosabati bilan Shvetsiyadan ijobiy farq qilganini ma'lum qildi va Finlyandiyaning NATOga kirish protokolini Turkiya Buyuk Millat Majlisida (TBMM) tasdiqlash jarayonini boshlashga qaror qilganliklarini bildirdi.

Shvetsiya bilan muzokaralarni yaxshi niyat bilan davom ettirishga qaror qilganliklarini ifoda etgan Erdo'g'an, jarayonning qanday davom etishi Shvetsiya qo'yadigan aniq qadamlar bilan bevosita bog'liq bo'lishini qayd etdi.

Shu bilan birga, Finlyandiyaning NATOga a’zoligi protokoli Prezident Erdo’g’an tomonidan imzolanib, Turkiya Buyuk Millat Majlisi Raisligiga taqdim etildi.

NATO Bosh kotibi Stoltenberg yozma bayonotida, Turkiyaning Turkiya Buyuk Millat Majlisida Finlyandiyaning NATOga a'zolik protokolini tasdiqlash jarayonini boshlash qarorini olqishlaganini bildirdi.

Stoltenberg

"Bu Finlyandiya xavfsizligini, Shvetsiya xavfsizligini va NATO xavfsizligini mustahkamlaydi. Umid qilamanki, TBMM imkon qadar tezroq tasdiqlash uchun ovoz beradi." Deya qayd etdi.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar