Turkiyada prezident saylovlari taqvimi Rasmiy gazetada e'lon qilindi

Siyosiy partiyalar va prezidentlikka nomzodlar uchun arizalar 23-mart payshanba kuni Turkiya vaqti bilan soat 17:00 gacha qabul qilinadi.

1959179
Turkiyada prezident saylovlari taqvimi Rasmiy gazetada e'lon qilindi

 

Turkiyada 14-may kuni boʻlib oʻtadigan Prezidentlik va umumxalq saylovlari taqvimi Rasmiy gazetada eʼlon qilindi.

Saylovga ittifoq bilan kiruvchi partiyalar 18-24-mart kunlari protokollarini Oliy Saylov Kengashiga (YSK) taqdim etadi.

Siyosiy partiyalar va prezidentlikka nomzodlar uchun arizalar 23-mart payshanba kuni Turkiya vaqti bilan soat 17:00 gacha qabul qilinadi.

Prezidentlikka nomzodlarning yakuniy roʻyxati 31-mart kuni Rasmiy gazetada eʼlon qilinadi.

Saylovda qatnashadigan siyosiy partiyalar eng kech 9-aprel, yakshanba kuni soat 17:00 ga qadar deputatlik ro‘yxatini Oliy Saylov Kengashiga taqdim etishlari kerak.

Xorijda va bojxona punktlarida ovoz berish 27 aprelda boshlanib, 9 mayda tugaydi.

Prezidentlik va umumxalq saylovlari 2023-yil 14-may yakshanba kuni o’tkaziladi. Agar birinchi turda oliy davlat lavozimiga nomzodlardan hech biri 50 foizdan ko‘p ovoz ololmasa, prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi 28 may kuni bo‘lib o‘tadi.

 


Tanlangan kalimalar: #saylov , #Turkiya

Aloqador xabarlar