Turkiyada zilzila qurbonlari soni 48 mingdan oshdi
Bu haqda Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu va Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy Malatya Tabiiy ofatlarni muvofiqlashtirish markazida bayonot berdi.
Turkiyadagi vayronkor zilzilalar oqibatida qurbonlar soni 48 ming 448 kishiga yetdi.
Bu haqda Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu va Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy Malatya Tabiiy ofatlarni muvofiqlashtirish markazida bayonot berdi.
Rasmiylarning ta'kidlashicha, 6-fevraldan beri zilzila zonasida 10 mingga yaqin yer qimirlash hodisasi yuz bergan. Hududda 8182 nafar qidiruv-qutqaruv xodimi hamon ish olib bormoqda.
"Davlatimiz zilzila hududida katta kuch bilan kurashmoqda",- deydi Sulaymon Soylu.
Soylu Kahramanmaroshdagi zilzila oqibatida 48 ming 448 kishining hayotdan ko'z yumganini, bulardan 6 ming 660 nafarining xorijlik fuqarolar ekanligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiyada 7 balldan ortiq (mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi.
Vayronkor zilzila qo‘shni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Gretsiya va Iroqda ham sezildi.
Aloqador xabarlar
Hakan Fidan Iroqning xavfsizlik bo'yicha yetakchisi Qosim Arachini qabul qildi
Ma'lumotga ko'ra, uchrashuv poytaxt Anqarada bo'lib o'tdi. Uchrashuv tafsilotlari ma'lum qilinmadi.