Erdo'g’an:"Turkiyada zilzila qurbonlari soni 47 mingdan oshdi"

Bu haqda Prezident Rajap Tayyip Erdo'g’an poytaxt Anqaradagi Prezident saroyida o'tkazilgan majlisda ma'lum qildi.

1957982
Erdo'g’an:"Turkiyada zilzila qurbonlari soni 47 mingdan oshdi"

 

Turkiyada 6-fevral kuni sodir bo'lgan va 11 viloyatni qamrab olgan zilzilalarda qurbonlar soni 47 mingdan oshdi.

Bu haqda Prezident Rajap Tayyip Erdo'g’an poytaxt Anqaradagi Prezident saroyida o'tkazilgan majlisda ma'lum qildi.

"Asrning falokati" sifatida ta’riflangan zilzilalarning yurakni ezuvchi jon va mol yo’qotishlarga sabab bo’lganini ta’kidlagan Erdo'g’an:“Zilzilaning dastlabki kunlaridagi og‘ir qish sharoiti, shikastlangan infratuzilma va 500 kilometrlik zilzila zonasining kattaligi ishimizni qiyinlashtirgan bo‘lsa-da, biz qanday bo'lmasin xalqimizga yordamga shoshildik",-dedxi.

Erdo'g’an, “Ushbu 11 viloyatda yashovchi 14 million fuqaroga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qilgan zilzilalarda 47 mingdan ortiq fuqaromiz halok bo’ldi, 115 mingdan ortiq xalqimiz jarohat oldi”,- dedi. 

Zilzila sodir boʻlgan hududlarda har kuni yangi poydevor qoʻyib, doimiy turar-joylar qurishni davom ettirayotganliklarini taʼkidlagan Prezident, "Maqsadimiz – 319 ming xonadonni bir yil ichida qurib, zudlik bilan egalariga topshirish. Bizning asosiy maqsadimiz zilzila natijasida vayron boʻlgan, jami 800 mingdan ortiq turar joyni oʻz ichiga olgan 270 mingta vayron boʻlgan, ogʻir shikastlangan, oʻrtacha darajada shikastlangan imoratlarni olib tashlash orqali shaharlarimizni noldan qurishdir”,-dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Turkiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar