"Xalq koalitsiyasi"ning yagona nomzodi Kemal Kilichdaro‘g‘li bo‘ldi

Turkiya muxolifati prezidentlik saylovi uchun yagona nomzodini e’lon qildi.

1955729
"Xalq koalitsiyasi"ning yagona nomzodi Kemal Kilichdaro‘g‘li bo‘ldi

 

Jumhuriyat xalq partiyasi rahbari Kemal Kilichdaro‘g‘li Turkiya prezidenti saylovida muxolifatdagi "Xalq koalitsiyasi"ning yagona nomzodi deb e'lon qilindi.

14 may kuniga belgilangan saylovda u "Respublikachilar koalitsiyasi" nomzodi, mamlakatning amaldagi prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anga raqib bo‘ladi.

Avvalroq, "Xalq koalitsiyasi" ichida Turkiya prezidentligiga yagona nomzodni saylash bo‘yicha ziddiyat kelib chiqqan, tortishuvlar bir necha hafta davom etgan edi. Beshta partiya Kilichdaro‘g‘li nomzodini taklif qilgan, İyi partiya esa, Istanbul meri Ekrem Imamo‘g‘li va Anqara meri Mansur Yavash nomzodini ilgari surgan edi.

Kilichdaro‘g‘li muxolifatning asosiy nomzodi deb e’lon qilingach, qisqa bayonot berib, "Xalq koalitsiyasi" mamlakatni bir-biri bilan maslahatlashib, kelishib boshqaradi" dedi.

Ayni paytda Erdo'g'anning siyosiy kuchini saylovchilarning 29,1 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda, bu partiyaning yanvar oyidagi ko‘rsatkichlaridan 1,1 foizga past.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Kemal Kilichdaro‘g‘li

Aloqador xabarlar