Turkiyadagi tabiiy ofat hududlarida 28 ta davlat 30 ta dala kasalxonasi tashkil etdi

Tashqi ishlar vazirligining Twitter sahifasida tarqatilgan ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, 28 davlat tabiiy ofat yuz bergan hududlarda 30 ta dala kasalxonasi tashkil etgan.

1952285
Turkiyadagi tabiiy ofat hududlarida 28 ta davlat 30 ta dala kasalxonasi tashkil etdi

6-fevral kuni sodir bo‘lgan va mamlakatning 11 viloyatga salbiy ta’sir ko‘rsatgan, o‘chog‘i Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishlari ortidan Turkiyaning chet eldagi vakolatxonalari koordinatsiyasi bilan yetkazilgan yordamga oid so‘nggi ma’lumotlar e’lon qilindi.

Tashqi ishlar vazirligining Twitter sahifasida tarqatilgan ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, 28 davlat tabiiy ofat yuz bergan hududlarda 30 ta dala kasalxonasi tashkil etgan.

Bugungacha Turkiyaga 130 ming 785 ta chodir, 1 ming 168 ta yashash konteyneri va 1 ming 676 ta mobil gigiyena jihozi olib kelindi.

Shuningdek 1 million 602 ming 270 ta ko‘rpa-to‘shak, 226 ming 451 dona uyqu xaltasi, 83 ming 844 dona yotoq, 29 ming 266 dona generator, 6 ming 312 tonna kiyim-kechak, 3 ming 476 tonna gigienik tibbiy buyumlar va 5 ming 981 tonna oziq-ovqat keldi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Kahramanmarash , #yer silkinishi

Aloqador xabarlar