Chavusho‘g‘lu yer silkinishlaridan jabr ko‘rgan yurtdoshlari ahvolidan xabar oldi

Chavusho‘g‘lu, epitsentri Kahramanmarash deb qayd etilgan yer silkinishlaridan jabr ko‘rgan yurtdoshlari ahvolidan xabar oldi.

1951931
Chavusho‘g‘lu yer silkinishlaridan jabr ko‘rgan yurtdoshlari ahvolidan xabar oldi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, 6-fevral kuni sodir bo‘lgan yer silkinishlaridan keyingi tabiiy ofat hududlaridagi faoliyatlarni ko‘rib chiqdi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu Turko‘g‘lu tumanidagi Tabiiy ofatlarni muvofiqlashtirish markazida yer silkinishidan keyin olib borilgan ishlar haqida ma’lumot oldi.

Chavusho‘g‘lu chodir shaharchada yer silkinishidan jabr ko‘rgan yurtdoshlar bilan ham uchrashib, ularning talab va muammolarini tingladi.

Xalq ehtiyojlarini o‘z o‘rnida aniqlab, o‘z vaqtida qondirishlarini bildirgan Chavusho‘g‘lu, chodir shaharlarda ta’lim va psixo-ijtimoiy yordam ko‘rsatilayotganiga e’tibor qaratdi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu, yer silkinishidan jabr ko‘rgan bolalarning o‘yin maydonchalariga ham uchradi.

Shuningdek Chavusho‘g‘lu, Turko‘g‘lu tumanida Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan Buyuk Britaniya tomonidan tashkil etilgan ikkita dala kasalxonasini ham ziyorat qilib, xodimlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Tashqi ishlar vaziri Chavusho‘g‘lu tunov kuni, Istanbuldagi professor doktor Jemil Tashchio‘g‘lu nomidagi shahar kasalxonasida davolanayotgan va yer silkinishi paytida jarohat olgan yurtdoshlar ahvolidan xabar olgandi.



Aloqador xabarlar