Turkiyada zilzila qurbonlari soni 44 ming 374 kishiga yetdi

Bu haqda Turkiya hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi (AFAD) xabar berdi.

1951736
Turkiyada zilzila qurbonlari soni 44 ming 374 kishiga yetdi

 

Turkiyadagi vayronkor zilzilalar oqibatida qurbonlar soni 44 ming 374 kishiga yetdi.

Bu haqda Turkiya hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi (AFAD) xabar berdi. 

AFAD rahbari Yunus Sezerning ta'kidlashicha, 6-fevraldan beri zilzila zonasida 10 mingga yaqin yer qimirlash hodisasi yuz bergan. Hududda 8182 nafar qidiruv-qutqaruv xodimi hamon ish olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, 6 fevral kuni Turkiyada 7 balldan ortiq (mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi. 

Prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik milliy motam e’lon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat bo‘ylab yarimga tushirildi.

Vayronkor zilzila qo‘shni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Gretsiya va Iroqda ham sezildi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Turkiya

Aloqador xabarlar