Yer silkinishlarida jabr koʻrganlar uchun “Yelkama-yelka” xayriya aktsiyasi uyushtirilmoqda

Turkiyadagi yer silkinishlarida jabr koʻrganlarga boshapana qurish maqsadida “Yelkama yelka” xayriya aktsiyasi uyushtirildi.

1951606
Yer silkinishlarida jabr koʻrganlar uchun “Yelkama-yelka” xayriya aktsiyasi uyushtirilmoqda

Oʻchogʻi Kahramanmarash deb qayd etilgan va 6-fevral kuni sodir boʻlgan yer silkinishlari ortidan qalbi Turkiya deb urgan hammani bir yoqadan bosh, bir yengdan qoʻl chiqarishga undagan va yigʻilgan yordam pullarining hammasini mazkur tabiiy ofatda jabr koʻrgan, oʻz uy-joyidan mahrum qolganlar uchun boshapana qurishga sarflashni koʻzlagan “Yelkama yelka” xayriya aktsiyasi boshlanish arafasida.  

Yoshlar va sport vazirligi, Turkiya futbol federatsiyasi (TFF), Superliga klublar uyushmasi fondi va beIN Media group yetakchiligi tomonidan uyushtirilgan mazkur xayriya aktsiyasi 1-mart, haftaning chorshanba kuni soat 20:00 da A Spor, beIN Sports, D Smart Sports, Tivibu Spor, TRT Spor va TV 8,5 telekanallari orqali boshlanib, 15-iyulgacha davom etadi.

Turkiya futbol federatsiyasi (TFF), mazkur aktsiya haqida videolavha ham namoyish etdi.

Yer silkinishidan keyingi vayronalar bilan UEFA Yevropa konferensiya ligasidagi Trabzonspor – Basel musobaqasidagi birdamlik aks ettirilgan tribuna koreografiyasi bilan boshlagan videolavhada, chet el jamoasida toʻp tepgan Hakan Chalhaoʻgʻlu, Melih Demirel va Ilkay Gundoʻgʻan bilan Turkiyadagi Beshiktash jamoasi a’zosi Ersin Destanoʻgʻlu, Galatasaray jamoasi a’zosi Kerem Akturkoʻgʻlu, Fenerbaxche jamoasi a’zosi Altay Bayindir va Trabzonsport jamoasi a’zosi Ugʻurjan Chakir muxlislarini, “Yelkama yelka” xayriya aktsiyasiga taklif qildi.  

Manchester City bosh murabbiyi Pep Guardiolaning, “Iltimos, qoʻlingizdan kelgan yordamni koʻrsatish uchun vaqtni qoʻldan boy bermang”, - degan ifodalari oʻrin olgan videolavhada, taniqli bosh murabbiy Arsen Venger esa, “Har bir yordam katta farq yaratishi mumkin”.-degan soʻzlari bilan xayriya aktsiyasini qoʻllab quvvatladi.



Aloqador xabarlar