10 yoshli bola zilzila qurbonlari uchun 2 ming yevro to'pladi

Bu haqda Turkiyaning Niderlandiyadagi Bosh konsulligi ijtimoiy tarmog'ida e'lon qilindi.

1950789
10 yoshli bola zilzila qurbonlari uchun 2 ming yevro to'pladi

 

Niderlandiyada yashovchi 10 yoshli Ali Jem Turkiyadagi zilzila qurbonlari uchun 2 ming yevro to'pladi.

Bu haqda Turkiyaning Niderlandiyadagi Bosh konsulligi ijtimoiy tarmog'ida e'lon qilindi.

Qayd etilishicha, Bosh konsul Muammer Hakan Jengiz Turkiyadagi zilzila qurbonlari uchun yordam qatorida 2 ming yevro to'plagan 10 yoshli Ali Jemga  minnatdorlik bildirib, sovg'a bergan. Bunga doir tasvirlar Bosh konsullikning ijtimoiy tarmog'ida e'lon qilingan.

Turkiya elchisi Selchuk Unal ham Zutfen shahrida yashovchi Ali Jem va uning oilasiga qo'ng'iroq qilib, minnatdorlik bildirdi.

 

"10 yoshli Ali Jem singlisi va doʻstlarining koʻmagida zilzilada jabrlangan insonlar uchun plastmassa qutilarda 2 ming yevro to'pladi. Bu ogʻir damlarda uning yordami bizga kuch va umid berdi. U yosh, lekin qalbi katta. Rahmat, aziz Ali Jem!",-dedi Turkiya elchisi.

Eslatma: Turkiyadagi vayronkor zilzilalar oqibatida qurbonlar soni 43 ming 556 kishiga yetdi.


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Turkiya , #Ali Jem

Aloqador xabarlar