Kahramanmarashda 17 yoshli qiz zilziladan 10 kun o‘tib qutqarildi

Tabiiy ofat hududida qidiruv-qutqaruv ishlari 11 kundirki davom etmoqda.

1947771
Kahramanmarashda 17 yoshli qiz zilziladan 10 kun o‘tib qutqarildi

 

Turkiyaning Kahramanmarash viloyatida 17 yoshli qiz halokatli zilziladan 248 soat o‘tib qutqarib olindi. Tabiiy ofat hududida qidiruv-qutqaruv ishlari 11 kundirki davom etmoqda. 

Aleyna Olmez ismli qiz Kahramanmarash shahrining Kayaboshi mahallasida turar-joy binosi vayronalari ostidan qutqarib olingan. Birinchi tibbiy yordamdan keyin shifokorlar uni shifoxonaga yuborgan. 

Qizni qutqarishda qatnashgan Sakaryalik qutqaruvchilardan biri Hajar Atlas “Anadolu” agentligi muxbiri bilan suhbatda guruh a’zolari uzoq va mashaqqatli mehnatdan so‘ng Aleynani qutqarib olganini bildirdi. 

“Biz qiz bilan doimo aloqada bo‘lib turdik. Avvaliga uning qo‘lidan ushlab, keyin uni butunlay qutqarishga muvaffaq bo‘ldik. U yaxshi, u muloqot qila oladi. Umid qilamanki, falokat hududidan bunday xushxabar kelishi davom etadi”, deydi Atlas. 

Eslatib o‘tamiz, 6 fevral epimarkazi Kahramanmarashda 7 balldan ortiq (mahalliy vaqt bilan soat 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) epimarkazi bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi. 

Prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan yetti kunlik milliy motam e’lon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat bo‘ylab yarimga tushirildi.

Vayronkor zilzila qo‘shni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Gretsiya va Iroqda ham sezildi.

Ayni vaqtda Turkiyadagi zilzilada qurbon bo‘lganlar 36 187 nafarga yetdi. Shuningdek, 108 068 kishi jabrlangan, 216 347 kishi evakuatsiya qilingan. 


Tanlangan kalimalar: #zilzila , #Turkiya

Aloqador xabarlar