Turkiyadagi yer silkinishida vafot etganlar soni ortdi

O‘gan hafta, 6-fevral kuni sodir bo‘lgan 7,7 va 7,6 magnitudali yer silkinishi mamlakatning 11 viloyatida shuningdek Suriyada katta yo‘qotishlarga yo‘l ochdi. Eng yomoni minglab inson umriga zomin bo‘ldi.

1947229
Turkiyadagi yer silkinishida vafot etganlar soni ortdi

Turkiya Ofat va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotda, mamlakatning 11 viloyatiga ta’sir qilgan tabiiy ofatda vafot etganlar soni ortgani qayd etildi.

Shunga ko‘ra bir haftani ortda qoldirgan va epitsentri Turkiyaning Kahramanmarash viloyati deb qayd etilgan 7,7 va 7,6 magnitudali yer silkinishida vafot etganlar soni 36 ming 187 nafarga yetdi. Tan jarohati olganlar soni 108 ming 68 nafar deb qayd etildi.   

Mintaqada qidiruv – qutqaruv ishlari davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Kahramanmarash , #yer silkinishi

Aloqador xabarlar