Mevlud Chavusho’g’li, Turkiyaga birdamlik ko’rsatgan Kosta-Rikaga minnatdorchilik bildirdi

Mevlud Chavchusho’g’li poytaxt Anqarada rasmiy ziyorat bilan Turkiyaga kelgan Kosta-Rika Tashqi ishlar vaziri Arnoldo Andre Tinoko bilan uchrashdi.

1947474
Mevlud Chavusho’g’li, Turkiyaga birdamlik ko’rsatgan Kosta-Rikaga minnatdorchilik bildirdi

 

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavusho’g’li, 6-fevral kuni markazi Kahramanmarashda sodir bo’lgan va “asr falokati” deya ta’riflangan va 11 viloyatni qamrab olgan 7,7 va 7,6 magnitudali zilzilalar tufayli Turkiya bilan birdamlik ko’rsatgan Kosta-Rikaga minnatdorchilik bildirdi.

Mevlud Chavchusho’g’li poytaxt Anqarada rasmiy ziyorat bilan Turkiyaga kelgan Kosta-Rika Tashqi ishlar vaziri Arnoldo Andre Tinoko bilan uchrashdi.

Vazir Chavusho'g'li, Tashqi ishlar vazirligida Tinoko bilan uchrashuvidan keyin uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida so'zladi.

Chavusho'g'li,

"Hamkasbim Arnoldo bugun birdamlik tashrifini amalga oshirmoqda. Men ularga va shaxsan Kosta-Rika davlati va xalqiga ushbu jarayondagi birdamlik va qo'llab-quvvatlash uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman ", dedi u.

Yordam taklif qilgan boshqa 101 davlatga minnatdorchilik bildirgan Tashqi ishlar vaziri, zilziladan jabr ko'rgan hududlarda qidiruv-qutqaruv ishlarida faol ishtirok etayotgan davlatlar soni 74 nafar, xodimlar soni esa 7 ming 98 nafar ekanligini ma'lum qildi 15 davlat o'z vazifalarini bajarib, o'z vatanlariga qaytdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar