Turkiyadagi yer silkinishida 31 ming 643 kishi vafot etdi

Turkiyadagi yer silkinishida vafot etganlar soni ortdi.

1945759
Turkiyadagi yer silkinishida 31 ming 643 kishi vafot etdi

Turkiya Ofat va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) tomonidan berilgan bayonotda, mamlakatning 10 viloyatiga ta’sir qilgan tabiiy ofatda vafot etganlar soni ortgani qayd etildi.

Shunga ko‘ta bir haftani ortda qoldirgan va epitsentri Turkiyaning Kahramanmarash viloyati deb qayd etilgan 7,7 va 7,6 magnitudali yer silkinishida vafot etganlar soni 31 ming 643 nafarga yetdi.  

Bayonotda, tan jarohati olganlar son esa 80 ming 278 nafar ekani ma’lum qilindi.   

Shu bilan birga vitse-prezident Fuat O‘ktay:

“Sohada qidiruv – qutqaruv maqsadida 34 ming 717 xodimimiz xizmat qilmoqda. Bor kuchi bilan ish olib borishni davom etmoqda”. – dedi.

Tashqi ishlar vazirligi esa dunyoning ko‘plab davlatidan qariyb 10 ming xodim maydondagi faoliyatlarga yordam berayotganini ta’kidladi.  

O‘tgan hafta, 6-fevral kuni yuz bergan va mamlakatning 10 viloyatiga ta’sir qilgan 7,7 va 7,6 magnitudali yer silkinishi minglab inson umriga zomin bo‘lar ekan, ayni vaqtda “asr falokati” deb ta’riflanmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Kahramanmarash , #yer silkinishi

Aloqador xabarlar