Turkiyadagi yer silkinishida vafot etganlar soni ortdi

Turkiyadagi yer silkinishida 24 ming 617 kishi vafot etdi

1945446
Turkiyadagi yer silkinishida vafot etganlar soni ortdi

Turkiyada qayd etilgan yer silkinishida 29 ming 605 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Turkiya Ofat va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) tomonidan berilgan bayonotda, 6-fevral kuni sodir bo‘lgan va epitsentri mamlakatning Kahramanmarash viloyati deb qayd etilgan 7,7 va 7,6 magnitudali yer silkinishi ortidan 2 ming 412 takroriy seysmik silkinishlar qayd etilgani bildirildi.

Bayonotda mavzu haqida:

“Voqea yuz bergan zonada olib borilayotgan ishlarda jami 233 ming 320 nafar xodim bilan 12 ming 322 ta transport bilan ekskavator ish yuritmoqda. Turkiya vaqti bilan soat 15:55 holatiga ko‘ra 29 ming 605 nafar fuqaromiz hayotdan ko‘z yumdi.

Yer silkinishi yuz bergan mintaqalardagi 147 ming 934 fuqaromiz yurtning boshqa viloyatlariga evakuatsiya qilindi. Tashqi ishlar vazirligi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida tabiiy ofat hududiga yordam uchun boshqa davlatlardan kelgan 9 ming 369 nafar xodim yuborildi. Viloyatda 70 ta samolyot, 167 ta vertolyot, 24 ta kema, 45 ta uchuvchisiz havo apparati bilan 9 ta dron faoliyat yuritmoqda.

Qizil yarim oy jamiyati va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan tabiiy ofatdan ziyon ko‘rgan 319 ta mobil/ko‘chma oshxona, 86 ta umumiy ovqatlanish mashinasi va 33 ta mobil/ko‘chma pech bilan 83 ta hammom/kir yuvish jihozlari yetkazib berildi. Mintadagi fuqarolarimizga cho‘rva, issiq ovqat, yeguliklar va ichimliklar tarqatilmoqda. Psixo-ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xizmatlari uchun mintaqaga 2 ming 552 nafar xodim bilan 384 dona avtomashina jo‘natildi”.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Kahramanmarash , #yer silkinishi

Aloqador xabarlar