Turkiyadagi yer silkinishida 24 ming 617 kishi vafot etdi

Vitse-prezident Fuat O‘ktay, Tabiiy ofat va favqulodda vaziyatlar boshqarmasidagi muvofiqlashtirilgan markazda mamlakatning janubiy-sharqida yuz bergan tabiiy ofat ortidan olib borilgan faoliyatlar haqida ma’lumot bo‘lishdi.

1945324
Turkiyadagi yer silkinishida 24 ming 617 kishi vafot etdi

6-fevral kuni sodir bo‘lgan va epitsentri Kahramanmarash deb qayd etilgan 7,7 va 7,6 magnitudali yer silkinishida 24 ming 617 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Vitse-prezident Fuat O‘ktay, Tabiiy ofat va favqulodda vaziyatlar boshqarmasidagi muvofiqlashtirilgan markazda mamlakatning janubiy-sharqida yuz bergan tabiiy ofat ortidan olib borilgan faoliyatlar haqida ma’lumot bo‘lishdi.

Maydondagi 32 ming 71 qidiruv-qutqaruv guruhining bor kuchi bilan o‘z faoliyatini davom ettirganini ifoda etgan O‘ktay, qidiruv-qutqaruv ishlarida K9 itlari va mavjud barcha texnologiyadan to‘liq foydalanilganligini bildirdi.

Yana-da ko‘proq kishini qutqarishdan umidvor ekanliklarini qayd etgan O‘ktay,

“Achinarli xabarlardan biri hayotdan ko‘z yumgan birodarlarimiz... Afsuski, ularning soni ortib bormoqda. 24 ming 617 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Niyatimiz, qidiruv-qutqaruv ishlarini puxtalik bilan davom ettirish va umidimizni oxirigacha uzmaslik”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Yer silkinishi oqibatida jarohat olganlar soni 80 ming 278 nafar deb qayd etildi. Vayron bo‘lgan binolar soni 12 ming 141 ta.

Evakuatsiya ishlari davom etayotganiga ham e’tibor qaratgan O‘ktay, evakuatsiya markazlaridan ketganlar sonining hozirgacha 111 ming 500 kishi ekanini o‘z so‘ziga ilova etdi.

 



Aloqador xabarlar