Turkiyadagi yer silkinishida vafot etganlar soni 14 ming 351 nafarga chiqdi

Turkiyadagi 7,7 va 7.6. magnitudali yer silkinishi oqibatida halok bo‘lganlar soni yana ortdi.

1944447
Turkiyadagi yer silkinishida vafot etganlar soni 14 ming 351 nafarga chiqdi

Epitsentri Kahramanmarash bo‘lgan 7,7 va 7,6 magnitudali yer silkinishida hayotdan ko‘z yumganlar soni 14 ming 351 nafarga chiqdi.

Vitse – prezident Fuat O‘ktay, 6 – fevral kuni sodir bo‘lgan yer silkinishi voqealari oqibatida vafot etganlar sonining 14 ming 351, tan jarohati olganlar sonining esa 63 ming 794 nafar ekanini qayd etdi.

Yiqilgan 6 ming 444 bino ostida qidiruv – qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Voqea o‘rnida 113 ming 201 nafar qidiruv – qutqaruv xodimi xizmat qilmoqda.

Mintaqaga yuborilgan 94 mingdan ortiq chodirning 73 ming 11 tasi qurildi.

Hududga 95 ta mobil oshxona, 79 ta ovqat tarqatish mashinasi, 1 ta osh uyi, 4 ta ko‘chma duxovka, 39 ta dala oshxonasi, 1 ta konteyner oshxonasi, 86 ta xizmat avtomashinalari jo‘natildi.

Ofat va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, bugun soat 11:38 holatiga ko‘ra epitsentri Kahramanmarash bo‘lgan yer silkinishi voqealaridan ziyon ko‘rgan viloyatlardan quriqlik, temir va havo yo‘li orqali 28 ming 44 kishi evakuatsiya qilinganini ma’lum qildi.



Aloqador xabarlar