Prezident Erdo‘g‘an Kahramanmarashga jo‘nab ketmoqda
Prezident Erdo‘g‘an voqea yuz bergan joyga borib, olib borilayotgan faoliyatlarni o‘z o‘rnida ko‘zdan kechiradi.
Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an, 6 - fevral kuni yuz bergan va epitsentri Kahramanmarash deb qayd etilgan voqea nuqtalarini ko‘zdan kechirish uchun mintaqaga jo‘nab ketmoqda.
Prezident Erdo‘g‘an voqea yuz bergan joyga borib, olib borilayotgan faoliyatlarni o‘z o‘rnida ko‘zdan kechiradi.
Erdo‘g‘anning shu doirada eng avvalo Kahramanmarash shahar markaziga, ortidan esa Pazarjik tumaniga borishi kutilmoqda.
Prezident Erdo‘g‘anning keyinroq Hatayga borishi ham rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz:
Tabiiy ofat va favqulodda vaziyat boshqarmasi (AFAD) 6 – fevral kuni sodir bo‘lgan va epitsentri Kahramanmarash deb qayd etilgan voqeada, bugun, Turkiya vaqti bilan soat 06.15 dan e’tiboran 6 ming 234 kishining hayotdan ko‘z yumgani va 37 ming 11 kishi tan jarohati olganini ma’lum qilgandi.
Aloqador xabarlar
Ali Asadov Prezident Erdo‘g‘an tomonidan qabul qilindi
Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov amaliy tashrif bilan Turkiyada.
Hakan Fidan BAAga rasmiy tashrif uyushtirmoqda
Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan BAAga rasmiy tashrif uyushtirmoqda.