Prezident Rejeb Tayyib Eardo’g’an Hozirgacha 1014 nafar fuqaromiz hayotdan ko’z yumdi dedi

Hozirgacha 1014 nafar fuqaromiz hayotdan ko‘z yumdi, 5 ming 385 nafar fuqaromiz tan jarohati oldi dedi.

1942515
Prezident  Rejeb Tayyib Eardo’g’an Hozirgacha 1014 nafar fuqaromiz hayotdan ko’z yumdi dedi

 

Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, epitsentri Qahramanmarashning Pazarjik tumani bo'lgan va 10 viloyatda sodir bo'lgan zilzila bilan bog'liq holda,

– Hozirgacha 1014 nafar fuqaromiz hayotdan ko‘z yumdi, 5 ming 385 nafar fuqaromiz tan jarohati oldi dedi.

Erdo‘g‘an, poytaxt Anqaradagi Tabiiy ofat va Favqulodda vaziyatlarni boshqarish raisligi (AFAD) muvofiqlashtirish markazida o‘tkazilgan baholashlardan so‘ng o‘tkazgan matbuot anjumanida shunday dedi:

"Bugun tunda soat 04:17 da o'tgan asrda boshdan kechirgan 1939-yildagi Erzincan zilzilasidan buyon eng katta falokat bizni larzaga keltirdi. Davlatimiz zilzila  hodisasidan beri barcha muassasalari bilan chora ko'rdi, hokimliklarimiz barcha imkoniyatlarni safarbar qildi. Hozirda 9 ming nafar xodim qidiruv-qutqaruv ishlarini olib bormoqda va ular viloyatdan tashqarida. “Bu raqam kelganlar sayin ortib bormoqda. Hozirgacha 912 nafar fuqarolarimiz hayotdan koʻz yumgan, 5385 nafar fuqaromiz jarohatlangan." Dedi.

Erdo'g'an, shuningdek, zilziladan  katta zarar ko'rgan viloyatlarda, qulagan binolar ostida qolganlarni aniqlash va qutqarish faoliyati uzluksiz davom etganini bildirdi.

Prezident vayronalar ostidan qutqarilganlar soni 2470 nafarga yetganini, vayron boʻlgan binolar soni esa 2818taga yetganini bildirdi.

Erdog'an,

"Xalqaro yordam uchun mamlakatimiz bilan aloqalar o'rnatila boshlandi. NATO va Yevropa Ittifoqidan tashqari 45 davlatdan yordam takliflari bizga yetib keldi" deb qayd etdi.

 



Aloqador xabarlar