Bolgariya vitse-prezidenti Iliyana Yotova Turkiyaga tashrif buyurdi

Oliy martabali mehmon poytaxt Anqaradagi prezident saroyida Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay tomonidan kutib olindi.

1941322
Bolgariya vitse-prezidenti Iliyana Yotova Turkiyaga tashrif buyurdi

 

Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay Bolgariya vitse-prezidenti Iliyana Yotova bilan uchrashdi.

Uchrashuv poytaxt Anqaradagi prezident saroyida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Fuat Oktay Bolgariya bilan o'zaro manfaat asosida rivojlanayotgan aloqalarning mustahkamlanganidan mamnunligini bildirdi.

Turkiya-Bolgariya munosabatlari katta salohiyatga ega ekanini, natijada yana ham katta hamkorlikka ehtiyoj borligini tilga olgan Fuat Oktay, ikki tomonlama munosabatlarda erishilgan o’sish sur’ati davom etishiga tilak bildirdi.

Oktay shuningdek, Turkiyaning mudofaa sanoati sohasida hamkorlik qilishga va Bolgariya armiyasini modernizatsiya qilish harakatlarini qo'llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Bolgariya vitse-prezidenti Iliyana Yotova esa, Turkiyaning Ukraina-Rossiya urushi bo’yicha Prezident Rajap Tayyip Erdo’g'an boshchiligidagi tashabbuslari va tinchlik uchun harakatlarini olqishlaganligini bildirdi.

Uchrashuvda terrorizmga qarshi kurash va noqonuniy immigratsiyani oldini olish xavfsizlik sohasida uzluksiz hamkorlikni talab qiladigan ikki muhim mavzu ekani qayd etildi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Bolgariya , #Fuat Oktay , #Turkiya

Aloqador xabarlar