Hulusi Akar Shvetsiya va Finlyandiyani NATOga a’zo bo‘lish talablarini bajarishga chaqirdi

Turkiyaning Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a’zolik arizalarini ma’qullash istiqboli ularning Anqaraga bergan va’dalarini bajarishiga bog‘liq. Bu haqda Turkiya Mudofaa vaziri Hulusi Akar ma’lum qildi.

1939386
Hulusi Akar Shvetsiya va Finlyandiyani NATOga a’zo bo‘lish talablarini bajarishga chaqirdi

 

Turkiyaning Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga a’zolik arizalarini ma’qullash istiqboli ularning Anqaraga bergan va’dalarini bajarishiga bog‘liq.

Bu haqda Turkiya Mudofaa vaziri Hulusi Akar ma’lum qildi.

“Ular endi NATOga kirish munosabati bilan bizdan, parlamentimizdan rozilik kutishmoqda. Bu haqda imzolagan hujjatingizga bir nazar tashlab qo‘ying, deymiz. Bu juda oddiy”, dedi vazir mahalliy telekanalga bergan intervyusida.

Hulusi Akar bu davlatlar bilan 2022 yilda imzolangan memorandumni eslatdi.  

“Iyun oyida Madridda Turkiya, Finlyandiya va Shvetsiya prezidentlari, mudofaa va tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishib, NATO Bosh kotibi ishtirokida hujjat imzolangan edi. Yevropa davlatlari terrorchilarni mamlakatlaridan chiqarib tashlashlarini aytishgan edi”, deb qo‘shimcha qildi Hulusi Akar.


Tanlangan kalimalar: #Shvetsiya , #Turkiya , #Hulusi Akar

Aloqador xabarlar