Turkiya AQSh va Yevropaga sayohat qimoqchi bo‘lgan fuqarolarini ogohlantirdi

"AQShda norozilik namoyishlari uyushtirilib, chet elliklarga qarshi va irqchilik mazmunida og‘zaki hamda jismoniy hujumlar qayd etilmoqda".

1939115
Turkiya AQSh va Yevropaga sayohat qimoqchi bo‘lgan fuqarolarini ogohlantirdi

Turkiya Amerika Qo‘shma Shtatlari va Yevropa davlatlariga sayohat qimoqchi bo‘lgan fuqarolarini ogohlantirib, unda, chet elliklarga qarshi munosabat va irqchilik mazmunidagi hujumlar bilan diniy murosasizlikka e’tibor qaratdi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan AQSh uchun e’lon qilingan ogohlantirishlarda, AQShning Tennessi shtatining Memfis shahrida Tire Nikols ismli shaxsning politsiya zo‘ravonligi oqibatida vafot etishi ortidan AQShda norozilik namoyishlari uyushtirilgani va unda chet elliklarga qarshi va irqchilik mazmunida og‘zaki hamda jismoniy hujumlar qayd etilgani aytildi.

Bu borada shuningdek:

“Fuqarolarimiz AQSh xavfsizlik kuchlari bilan vazirligimiz, Vashington elchixonamiz va AQShdagi Bosh konsulligimiz tomonidan beriluvchi qoʻshimcha ogohlantirish va eʼlonlarni kuzatib borishlari mumkin”. – deyildi.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Yevropa davlatlari uchun e’lon qilingan ogohlantirishlarda esa, oxirgi davrda ba’zi Yevropa davlatlarida islom diniga qarshi koʻz qarashdagi, chet el dushmani va terror tashkiloti bilan aloqasi bor guruhlar tomonidan irqchi mazmundagi harakatlar bilan Turkiyaga qarshi tashviqot yuritishlarda ortish kuzatilganiga e’tibor qaratildi.

Unda, Yevropadagi vaziyatning xavfli jihatini aks ettirgan holatlar bilan irqchi va yakkalovchi oqimlarning Yevropadagi qoʻrqinchli darajasi ham ochiq – oydin ekani ta’kidlandi.

AQSh va Yevropada yashovchi yoki bu davlatlarga sayohat qilishni rejalashtirayotgan Turkiya fuqarolari, ehtiyoj tugʻilgudek boʻlsa Tashqi ishlar vazirligining Konsullik aloqa markaziga murojaat qilishlari (+90 312 292 29 29) va qanaqadir hujum oldida hushyor boʻlib, mahalliy xavfsizlik kuchlariga xabar berishlari kerakligi qayd etildi.

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Yevropa , #norozilik namoyishlari

Aloqador xabarlar