Suriyaning shimolida terror tashkiloti DAIShga a'zo 15 jangari qo'lga olindi

Al Bab mahalliy xavfsizlik kuchlari, Gaziantep Viloyat Jandarm qo'mondonligi Suriya vazifa guruhi ko'magida tumandagi DAISh hujayralariga qarshi operatsiya o'tkazdi.

1938166
Suriyaning shimolida terror tashkiloti DAIShga a'zo 15 jangari qo'lga olindi
el bab deas.jpg

 

Suriyaning  shimolidagi Al Babda terror tashkiloti DAISh a'zosi 15 nafar qo'lga olindi.

Al Bab mahalliy xavfsizlik kuchlari, Gaziantep Viloyat Jandarm qo'mondonligi Suriya vazifa guruhi ko'magida tumandagi DAISh hujayralariga qarshi operatsiya o'tkazdi.

Operatsiya davomida 16 kishi, jumladan tashkilotning yuqori martabali xodimi ham qo‘lga olindi. Gumonlanuvchilardan 15 nafari hibsga olindi.

Bundan tashqari, 4 ta qurol, 85 ta patron va ko'plab raqamli materiallar musodara qilindi.

Boshqa tomondan, Ichki ishlar vazirligi, Vanda Eren blokadasi Kuz-Qish-25 operatsiyasi boshlanganini bildirdi.

Vazirlik tomonidan berilgan bayonotda, bo'lginchi terror tashkiloti PKKni mamlakat kun tartibidan chiqarib tashlash va mintaqada boshpana topgan  deb hisoblangan terroristlarni  yo’q qilish  maqsadida Vanda boshlangan amaliyotda 480 nafar xodim jalb qilingani qayd etildi.

Bayonotda, o'lkada terrorni butunlay yo'q qilish maqsadida olib borilgan Eren blokadasi kuz-qish amaliyotlarining xalqning qo'llab-quvvatlashi bilan "ishonchli" va "qat'iy" tarzda muvaffaqiyatli davom etgani ta'kidlandi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #qo'lga olindi , #15 kishi , #DAISh , #Al Bab , #Suriya

Aloqador xabarlar