Altun:"Qur'onni yoqib yuborish erkinlik bilan aloqasi yo'q"

Prezident huzuridagi axborot va kommunikatsiya departamenti rahbari Fahriddin Altun, Turkiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi binosi oldida Qur'onni yoqib yuborish hodisasiga munosabat bildirdi.

1936566
Altun:"Qur'onni yoqib yuborish erkinlik bilan aloqasi yo'q"

 

Prezident huzuridagi axborot va kommunikatsiya departamenti rahbari Fahriddin Altun, Turkiyaning Shvetsiyadagi elchixonasi binosi oldida Qur'onni yoqib yuborish hodisasiga munosabat bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, bu harakatning erkinlik bilan hech qanday aloqasi yo'q.

Fahriddin Altun bu haqda Shvetsiyaning “Dagens Nyheter” gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Poytaxt Stokholmdagi Turkiya elchixonasi oldida Qur'onni yoqib yuborish harakati erkinlik bilan aloqasi yo'qligini bildirgan Altun, bu munosabat musulmonlarga, jumladan shvetsiyalik musulmonlariga qarshi zo'ravonlikka undaganiga diqqat qaratdi.

U shuningdek, Shvetsiyada PKK terroristik tashkiloti tarafdorlarining Turkiya va Prezident Rajab Tayyip Erdo'g'anga nisbatan haqorat ifodalariga munosabat bildirar ekan, Daniyaning o‘ta o‘ngchi “Qattiq kelishuv” partiyasi rahbari Rasmus Paludan Turkiyaning Stokgolmdagi elchixonasi oldida Qur’onni yoqib yuborishi ortidan Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar Shvetsiya mudofaa vaziri Pal Jonsonning Turkiyaga safarini bekor qilganini eslatdi.

“Shvetsiya Turkiya xavotirlarini jiddiy qabul qilmasa, uchrashuvdan ma’no yo‘q”,-deydi u.

Fahriddin Altun Shvetsiya hukumatining o'zi mamlakatga NATOga a'zo bo'lish imkonini bera oladigan yagona davlat ekanligini ta'kidladi.

Turkiya 28-iyun kuni Ispaniyaning Madrid shahrida o‘tkazilgan NATO sammitida alyansga a’zolik uchun ariza bergan Finlyandiya va Shvetsiyaga veto qo‘ygandi. Terror tashkilotlarini ochiq qo’llab-quvvatlagan ikki davlat bilan protokol imzolagan Anqara, berilgan va’dalarning bajarilishini kutmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Shvetsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar