Xyustonda Turkiya bosh konsulligining yangi binosi xizmatga ochildi

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li ishtirok etdi.

1935534
Xyustonda Turkiya bosh konsulligining yangi binosi xizmatga ochildi

 

Amerika Qo’shma Shtatlarining Texas shtatidagi Xyuston shahrida Turkiya bosh konsulligining yangi binosi xizmatga ochildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li ishtirok etdi.

“Global tizim ko'plab inqirozlarni boshidan kechirayotgan bir paytda Turkiya va AQSh o'rtasidagi aloqalarni kuchaytirmoqdamiz”,-deydi Turkiya TIV rahbari anjumanda so’zlagan nutqida.

U shuningdek, Turkiya-AQSh munosabatlariga e’tibor qaratar ekan, ikki mamlakat o’rtasidagi aloqalarga rahna solgan FETO terroristik guruhiga qarshi kurash masalasiga ham to’xtalib o’tdi.

“Xyuston shahrida FETO a’zolariga qarshi kurashning ahamiyatini yana bir bor ta’kidlamoqchiman. Fuqarolarimiz bilan birgalikda ushbu terroristik tashkilotga qarshi kurashni davom ettiramiz”,-deydi Mavlud Chavushog’li.

Bir kun avval Vashingtonda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan bo’lgan uchrashuvi haqida ma’lum qilgan Chavushog’li,

“Aytmoqchimanki, uchrashuvlarimiz nihoyatda samarali va ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish uchun foydali bo‘ldi. AQSh bilan PYD-PKK, FETO va sanktsiyalar kabi muammolarimiz bor. Biz ham ularni bartaraf etish ustida ishlayapmiz. Xyuston shahrida FETO a’zolariga qarshi kurashning ahamiyatini yana bir bor ta’kidlamoqchiman. Fuqarolarimiz bilan birgalikda bu tashkilotga qarshi kurashni davom ettiramiz”,-dedi.

Mavlud Chavusho’g’li ochilish marosimida Xyuston mahalliy ma’muriyati vakillariga murojaat qilib, Turkiyaning joriy yilda ochiladigan ikkita bosh konsullik binosi bilan dunyoda Turkiyaning 260 ta vakolatxonasi bo’lishi haqidagi ma’lumotlarini ham o’rtoqlashdi.

“Xorijda istiqomat qilayotgan fuqarolarimiz va vatandoshlarimizga eng samarali tarzda yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish bizning ustuvor vazifamizdir. Bugun biz ochadigan ushbu konsullik  binosi Xyuston shahrida yashovchi 30 mingga yaqin fuqaromizga eng sifatli darajada xizmatni mamnuniyat bilan beradi. Bugun biz yangi xizmat ko'rsatish binomizni ochmoqdamiz, ammo Xyustondagi bosh konsulligimiz 1985 yildan beri faoliyat ko’rsatib kelmoqda”,- deydi Turkiya TIV rahbari.

 


Tanlangan kalimalar: #Mavlud Chavusho'g’li , #Turkiya , #AQSh

Aloqador xabarlar