Mavlud Chavusho’g’li Amerika Qo’shma Shtatlariga jo’nab ketdi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li tashrif doirasida 18-yanvar kuni poytaxt Vashingtonda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashadi.

1934212
Mavlud Chavusho’g’li Amerika Qo’shma Shtatlariga jo’nab ketdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li bugun rasmiy tashrif bilan Amerika Qo’shma Shtatlariga jo’nab ketdi.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga ko’ra, Chavusho’g’li tashrif doirasida 18-yanvar kuni poytaxt Vashingtonda AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashadi.

Uchrashuvda Turkiya-AQSh munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinadi.

Shuningdek, mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashilishi ko‘zda tutilgan.

Tashqi ishlar vazirining AQShga tashrifi 20-yanvarga qadar davom etadi.


Tanlangan kalimalar: #Mavlud Chavusho'g’li , #AQSh , #Turkiya

Aloqador xabarlar