Turkiya Shvetsiyada Erdo‘g‘anga qaratilgan harakat yuzasidan jinoiy ish qozg'atmoqchi

Turkiyada faoliyati taqiqlangan va terror guruhi deb topilgan PKK tarafdorlari tomonidan Stokgolmda o‘tkazilgan mitingda Erdo‘g‘anga nisbatan haqoratli so‘zlar aytilgan edi.

1932517
Turkiya Shvetsiyada Erdo‘g‘anga qaratilgan harakat yuzasidan jinoiy ish qozg'atmoqchi

 

Rasmiy Anqara Shvetsiyada Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anga qarshi qaratilgan harakat yuzasidan jinoiy ish ochadi.

Bu haqda Turkiya yetakchisining advokati ma’lum qildi.

Advokatning hisobotida aytilishicha, Stokgolmdagi namoyishlarni uyushtirganlarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atish talabi bilan Anqara prokuraturasiga murojaat yuborilgan.

Qayd etilishicha, Turkiyada faoliyati taqiqlangan va terror guruhi deb topilgan PKK tarafdorlari tomonidan Stokgolmda o‘tkazilgan mitingdan so‘ng, Erdo‘g‘anga nisbatan haqoratli so‘zlar aytilgan edi.

Bundan tashqari, xuddi shu mitingda Turkiya prezidentiga o‘xshash qo‘g‘irchoq mahalliy hokimiyat binosi yonidagi ustunga oyoqlaridan osib qo‘yilgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Shvetsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar