Turkiya Senegal hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

"Hayotdan ko‘z yumganlarni Alloh o'z rahmatiga olgan bo'lsin! Ularning oila a’zolariga, do‘st va qardosh Senegal xalqi va hukumatiga hamdardlik bildiramiz",-deyiladi ta'ziyanomada.

1929718
Turkiya Senegal hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya Senegalda sodir bo'lgan yo'l-transport hodisasida ko'plab insonlarning halok bo'lganligi munosabati bilan Senegal hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi bayonotida qayd etildi.

Bayonotda, Senegaldagi YHTda ko'plab insonlarning hayotdan ko'z yumgani va tan jarohati olgani qayg'u bilan tilga olindi.

"Hayotdan ko‘z yumganlarni Alloh o'z rahmatiga olgan bo'lsin! Ularning oila a’zolariga, do‘st va qardosh Senegal xalqi va hukumatiga hamdardlik bildiramiz. Jarohatlanganlarga esa tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz”,-deyiladi ta'ziyanomada.

 


Tanlangan kalimalar: #Senegal , #Turkiya

Aloqador xabarlar