Erdo’g’an Turkiyaning 2022-yildagi eksport natijalari haqida ma’lum qildi

Prezidentning ta’kidlashicha, mamlakatda eksport 2021 yilga nisbatan 12,9 foiz ortib, 254,2 milliard dollarga yetdi.

1926643
Erdo’g’an Turkiyaning 2022-yildagi eksport natijalari haqida ma’lum qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Turkiyaning 2022-yildagi eksport natijalari haqida ma’lum qildi.

Prezidentning ta’kidlashicha, mamlakatda eksport 2021 yilga nisbatan 12,9 foiz ortib, 254,2 milliard dollarga yetdi.

O'tgan yili eksport bo’yicha Turkiya Respublikasi tarixida rekord o'rnatilganligini ta'kidlagan Erdo'g'an:

“Global inqirozlarga qaramay, 2022-yilda eksportimiz o‘tgan yilga nisbatan 12,9 foizga oshib, 254,2 milliard dollarni tashkil etdi”,-dedi.

Maqsad Turkiyani dunyoning eng yaxshi eksport qiluvchi 10 davlati qatoriga kiritish ekanini  ta'kidlagan Erdo'g'an, “Milliy valyutamiz bilan eksport qilayotgan mamlakatlar soni 197 nafarga yetdi”, dedi.

2022-yilning 3-choragida 6,2 foizlik o’sishga erishilganini ifoda etgan Erdo’g’an, 2023-yilda sog’liqni saqlash xizmatlari bo’yicha eksportni 5 milliard dollarga yetkazish maqsad qilinganini aytdi.

Turkiya serial eksportida Amerika Qo’shma Shtatlaridan keyin ikkinchi o’rinda ekanligini ta’kidlagan Turkiya Prezidenti, "Biz butun dunyo bo'ylab 1,5 milliard tomoshabinga erishshni maqsad qilganmiz, bu yil teleseriallarimiz eksporti 1,5 milliard dollardan oshadi",-dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar